"Barselona" Neymar uchun PSJga 100 mln. evro va ikki futbolchisini taklif qildi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2019, 16:07
"Barselona" Neymarni qaytarish uchun PSJ bilan muzokara o'tkazmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar forvard uchun 100 mln. evro, Filippe Koutinoni taklif qildi. Bundan tashqari PSJga Ivan Rakitich hamda Samuel Yumtitidan birini tanlash taklif qilindi.

Fransiya klubi hozircha "Barselona" savoliga javob bermadi, ammo Parij klubi rahbariyati Neymar transferidan 2017 yildan u uchun sarflanganidan ko'proq pul ishlab olmoqchi. PSJ braziliyalikni 300 mln. evroga sotmoqchi. Ikki yil oldin Neymar 222 mln. evro evaziga xarid qilingan edi.

Oldinroq, Neymarga boshqa ispan grandi - "Real" qiziqish bildirayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es