"Barselona" MYUga qarshi bahs uchun qaydnomani e'lon qildi, tarkibda qishda sotib olingan futbolchi bor

Aslanov Jasurbek
8 apr 2019, 18:19
10 aprel kuni "Manchester Yunayted" hamda "Barselona" o'rtasida Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Kataloniya klubi ushbu bahs uchun qaydnomani e'lon qildi. Tarkibda qishda "Tuluza"dan sotib olingan himoyachi Jan-Kler Todibo ham bor. Biroq u maydonga tusha olmaydi, chunki futbolchi qishda Chempionlar ligasi uchun ro'yxatdan o'tkazilmagan.

Qaydnoma

Darvozabonlar: Ter Shtegen, Sillessen, Inyaki Penya.

Himoyachilar: Semedu, Pike, Todibo*, Langle, Murilo, Alba, Yumtiti.

Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Koutino, Artur, Roberto, Vidal, Alenya.

Hujumchilar: Suares, Messi, Dembele**, Malkom, Boateng.


* - o'ynamaydi

** - tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng maydonga tushishi aniq bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia