Barselona Levandovskining o'rniga uch nafar hujumchidan birini olib kelmoqchi

Khoja
23 sen 2024, 10:28
Barselona klubi hujumchi Robert Levandovskiga munosib o'rinbosar izlamoqda.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi ayni damda 3 nafar o'yinchiga jiddiy e'tibor qaratmoqda: Manchester Sitidan Erling Holand, Sportingdan Viktor Dokeresh va Leyptsigdan Benjamin Sheshko.

Qayd etilishicha, hozirgi holatda Xolandni jamoaga olib kelishning deyarli imkoniyati yo'q. Biroq qolgan ikki nafar futbolchi bilan shartnoma tuzish uchun imkoniyatlar etarli ekanligi ma'lum qilingan.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli polshalik futbolchining Barsa bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com