"Barselona" Levandovskining o'rniga Turkiyadan hujumchi olib kelmoqchi

Khoja
31 okt 2025, 10:43
"Barselona" yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Robert Levandovskiga o'rinbosar izlashni davom ettirmoqda.

Kataloniya klubi "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxenni polshalik hujumchini o'rnini bosishga qodir futbolchi sifatida ko'rmoqda. 

Turkiya klubi nigeriyalik hujumchini yozda 75 million evroga sotib olgandi va kelasi yozda bundan kamiga sotmoqchi emasligini ma'lum qilgan.

Joriy mavsum 26 yoshli hujumchi 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru