"Barselona" "Kamp Kou"da o'ynalmagan har bir o'yin uchun 3,3 million evro yo'qotmoqda

Alisher
18 apr 2020, 11:31
La Liganinig qolgan mavsumi muxlislarsiz o'tishi yoki qoldirilishi "Barselona"ga qancha zarar keltirishi ma'lum bo'ldi.

Xabar berilishicha, Kataloniya klubi "Kamp Nou"dagi har bir o'ynalmayotgan o'yin uchun 3,3 million evro yo'qotmoqda. Bu chipta pullarining narxidir.

Shunday ekan, "Barselona" mavsum so'nggiga qadar 20dan 25 mln evroga yo'qotishi mumkin. Klub shuningdek abonementlar bilan bog'liq vaziyatni ham o'rganmoqda.

Agar koronavirus pandemiyasiga qarshi ehtiyot chorasi keyingi mavsumga ham ta’sir qilsa yoki muxlislarsiz o'yinlar noyarbgacha o'tkazilsa, klubning zarari 30 million evroni tashkil etishi mumkin.

Yevropaning eng katta sig'imga ega stadionlari (Top-10)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca