"Barselona" hujumchisi "Betis"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 may 2018, 13:53
"Barselona" hujumchisi Pako Alkaser "Betis"ga o'tishi mumkin.

“Mundo Deportivo” xabariga ko'ra, "Betis" rahbariyati futbolchining o'yinlarini kuzatib bormoqda va Kataloniya klubiga taklif bilan chiqishi mumkin. Jamoa yangi mavsumda Yevropa ligasida omadli ishtirok etishni ko'zlamoqda.

Sevilyaliklar forvardni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishi mumkin.

Alkaser bu mavsumda "Barsa" tarkibida 17 uchrashuvda qatnashdi va 4 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo