"Barselona" Gavi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2022, 15:38
Kataloniyaliklar futbolchini saqlab qolishdi.

"Barselona" o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Gavi bilan kelishuv uzaytirilgani haqida ma'lumot berdi. Tomonlar 2026 yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolashdi. Futbolchining tovon puli miqdori 1 milliard evroni tashkil qiladi.

Gavi "Barselona" safida 2015 yildan buyon to'p tepadi. Shu kungacha 18 yoshli yarim himoyachi kataloniyaliklar safida 54 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com