"Barselona" Flikni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2024
"Barselona" Xans-Diter Flikni taqdim etdi.

Nemis mutaxassisi mavsumlar oralig'ida Kataloniya klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Xavi o'rnini egalladi.

Bugun "Barsa" 59 yoshli Flikning rasmiy taqdimotini o'tkazdi. Tadbirda, jumladan, klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku ishtirok etdi.

Avvalroq Flik “Bavariya” va Germaniya terma jamoasini boshqargan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona