"Barselona" Deulofeuni qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2017, 15:18
"Barselona" rahbariyati joriy mavsum oxirida hujumchi Xerard Deulofeuni qaytarish imkoniyatidan foydalanishga qaror qildi.

Ayni damda Deulofeuning transfer huquqi "Everton"ga tegishli, u esa ijara asosida "Milan" safida to'p tepmoqda. Kataloniya klubida futbolchini 12 mln. evro evaziga qaytarish imkoniyati mavjud. Ispaniyalikning joriy mavsumdagi o'yini ispan grandining e'tiborini tortdi.

"Barselona" jamoada yangi mavsum uchun murabbiy yo'qligiga qaramay futbolchini qaytarishga qaror qildi. Agar "Barselona" ishonch bildirayotgan mutaxassis Deulofeuni o'z tarkibida ko'rmasa, futbolchi yana transferga qo'yiladi.

"Barselona" ustozi Luis Enrike joriy mavsum oxirida o'z vazifasini tark etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo