"Barselona" Dembele uchun shaxsiy oshpaz va tansoqchi yolladi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 18:29
"Barselona" rahbariyati yozda Dortmundning "Borussiya"sidan Kataloniya klubiga o'tgan jamoa hujumchisi Usmon Dembelening ko'nikish jarayonini tezlashtirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard uchun shaxsiy oshpaz va tansoqchi yollangan. Bundan tashqari, klub shifokorlari fransiyalikning jismoniy holatini nazorat qilish uchun uning uyiga tez-tez borib turishadi.

Joriy mavsum Dembele "Barselona" safida 5ta uchrashuv o'tkazib, bitta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo