"Barselona" Dembele qolsa ham, Rafinyaga qiziqishni saqlab qolmoqda

Alisher
5 apr 2022, 13:58
Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish "Barselona"ning "Lids" vingeri Rafinyani xarid qilish xohishiga ta’sir qilmaydi.

Oldinroq Kataloniya klubi Dembele bilan shartnomani uzaytirish borasida ijobiy natijaga erishilmagan taqdirda, "Lids" o'yinchisining transferi variantini ko'rib chiqishi aytilgan edi.

Ammo, Diario As'ning ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" Rafinyani Dembele uchun qo'shimcha o'yinchi sifatida ko'rib chiqmoqda va francuz bilan yangi shartnoma imzolash "Lids" o'yinchisi bilan shartnoma imzolash rejalariga ta’sir qilmaydi.

Shu bilan birga, Rafinyaning "Barsa"ga kelishi ijaraga olingan Adama Traoreni xarid qilmasligkka sabab bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario AS