"Barselona" "Atalanta" o'yinchisi Romeroga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2021, 20:39
Jurnalist Ferran Martines ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" "Atalanta" va Argentina terma jamoasi himoyachisi Kritian Romeroga qiziqish bildiryapti.

Manbaning xabar berishicha, kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab futbolchini to'liq transfer qila olishmaydi, biroq uni ijaraga olishga urinishadi.  

Hozirgi paytda muzokaralar jarayoni olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Romero iyulda Argentina termasi bilan Amerika Kubogini yutdi. Ushbu sovrin argentinaliklar uchun 1993 yildan keyin qo'lga kiritilgan birinchi mukofot bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/martinezferran