"Barselona" Arauxoni sotishga tayyor, ammo bir shart bilan

Administrator
13 mar 2024, 21:00
Klub futbolchi uchun katta summa istayapti.

"Barselona" klubi himoyachi Ronald Arauxoni sotishga tayyor. Faqat uni sotib olmoqchi bo'lgan klub himoyachi uchun 100 mln evro atrofida taklif qilishi lozim. Klub shundagina futbolchini sotishi mumkin. Xabar qilinishicha, ayni vaqtda Arauxo uchun APLning eng kamida bitta top klubi qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, "Bavariya" ham yozda himoyachi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.

Ma'lumot uchun, Ronald Arauxoning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar davom etadi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca