Barselona 2ta turdan keyin La Liga chempioni bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 apr 2023, 10:02
Barselona Ispaniya chempionati 32-turidan keyin Real bilan ochkolar farqini saqlab qoldi.

Xavi jamoasi Betisni (4:0) taslim qildi. Endi Kataloniya klubi hisobida 79 ochko bor – bu ikkinchi o'rindagi Realdan 11 ochko ko'p.

Uchinchi o'rinda 63 ochko bilan bitta o'yin kam o'tkazgan Atletiko bormoqda.

Barselona agar Real ochko yo'qotadigan bo'lsa, 34-turda Espanolga qarshi bahsda chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia