"Barsa" shartnomani uzaytirish borasida Dembelega so'nggi taklifni beradi

Alisher
25 yanv 2022, 16:30
"Barselona" va Usmon Dembelening agenti vingerning shartnomasiga bag'ishlangan yana bir uchrashuv o'tkazishadi.

Seshanba kuni kataloniyaliklar direktori Mateu Alemani agent Mussa Sissokoga shartnomani uzaytirish borasidagi so'nggi taklifni beradi.

Dembelening o'zi va uning agenti muzokaralarni davom ettirishni xohlashmoqda: ular shartnomani uzaytirish niyatida ekanliklariga ishontirishmoqda.

"Barselona" ham kelishuvni uzaytirishga qarshi emas, ammo klub taklif etilgan shartnoma francuz umid qilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi taklif ekanligini tushuntirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport