Bakaev koronavirusdan tuzaldi

8 iyun 2020, 01:02
"Spartak" yarim himoyachisi Zelimxan Bakaev mashg'ulotlarga qaytdi.

Moskva klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 23 yoshli xavbek so'nggi hafta mobaynida koronavirus uchun ikki bor salbiy test topshirgan. Bugun rossiyalik futbolchi yakka tartibdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, Bakaevda 23 may kuni koronavirus aniqlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс