"Ayntraxt" uchinchi yosh ispaniyalik o'yinchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
7 iyul 2021, 11:23
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi Enrike Errero Garsiyaning transferini e'lon qildi.

16 yoshli ispaniyalik futbolchi 4 yillik shartnoma imzoladi.

"Enrike - katta imkoniyatlarga va hayajonli istiqbolga ega o'yinchi. U bu yerda o'sish va futboldagi ilk professional qadamlarini qo'yish imkoniyatiga ega bo'ladi", - deydi nemis klubi sport direktori Markus Kroshe.

Errero - "Ayntraxt" 2021 yilda shartnoma imzolagan uchinchi yosh ispaniyalik futbolchi. Oldinroq jamoaga 16 yoshli Ignasio Ferri va 17 yoshli Fabio Blanko o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: eintracht-frankfurt.de