"Atletiko" o'yinchilari bir haftalik tatilga chiqishdi

Alisher
13 mar 2020, 18:00
"Atletiko" futbolchilari mashg'ulot va o'yinlardan bir hafta dam olishlari mumkin.

Klub rahbarlari o'yinchilariga kichik tatil berishga qaror qilishdi. "Matraschilar" xo'jayinlari bunday qarorga Yevropada avj olayotgan koronavirus sabab kelishdi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" CHL 1/8 final doirasida musobaqaning amaldagi g'olibi "Liverpul"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan holda chorak finalga yo'l olishdi.

Oldinroq, La Ligada koronavirus sababli 2ta tur o'yinlari qoldirilgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca