

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
21 yoshli ispaniyalik bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchi 2022/23 yilgi mavsumni ijara asosida "Osasuna"da o'tkazadi.
Sanches "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi o'tgan mavsumni aynan "Osasuna"da o'tkazib, La Liga doirasida 33ta o'yinda 1ta gol va 3ta assist qayd etgan.



