“Atletiko” Keylor Navas uchun 5 million evro va Leo Baptistao ijarasini taklif qilmoqda
Tolibjon Qosimov
2 iyul 2014, 17:09
Kosta-Rika darvozaboni Keylor Navas bilan faqatgina bir klub qiziqib qolgani yo'q.
“Atletiko” Navas uchun 5 million evro va ijara asosida Leo Baptistaoni bermoqchi. Ammo “Levante” o'z futbolchisi uchun 10 million evro talab qilmoqda. Poytaxt jamoasi Keylor Navasga yiliga 1 million evrolik maosh taklif qilmoqchi.