

Fransiyalik forvard jamoa mashg'ulotiga yetib kelmadi, shu sababli ispan klubi 28 yoshli futbolchini 200 ming evro jarimaga tormoqchi.
Oldinroq, Grizmann yozda klubini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida ma'lum qilgandi. Keyin "Atletiko" futbolchi va "Barselona"ni hurmatsizlikda ayblagandi. Bunga Grizmann va Kataloniya klubi madridliklarni ogohlantirmay muzokaralarni boshlab yuborishgani sabab bo'lgan.



