Asensio Gavining Ispaniya terma jamoasidagi o'yinidan hayratda

Sherzod Nurmatov
24 noya 2022
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Marko Asensio Gavining JCH-2022 1-turida Kosta-Rikaga qarshi o'yiniga munosabat bildirdi.

Uchrashuv 7:0 hisobida ispaniyaliklar foydasiga hal bo'ldi. Gavi 74-daqiqada gol urdi.

"Bazida Gavi 18 yoshida qanday qilib shunday o'ynayotganiga hayron qolaman, ammo jamoadagi hamma uning nimalarga qodirligini biladi", – dedi Asensio o'yindan keyin bergan intervyusida.

Gavi 18 yosh-u 110 kunligida gol urgan Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal