Arturo Vidal "Benfika"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
24 apr 2014, 02:00
"Yuventus" jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Yevropa ligasi yarim finalning dastlabki uchrashuvini o'tkazib yuborishish mumkin.
Arturo Vidal yaqindagina o'z jarohatidan forig' bo'lib safga qaytgandi. Antonio Konte uni "Bolonya" bilan o'yinning so'nggi daqiqalarida maydonga tushirgandi. Lekin uni eski jarohati yana bezovta qilgan. U kechagi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan.