Arteta Salibani "Arsenal"dan qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
17 iyul 2022, 15:11
Mutaxassis francuzga ishonadi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Vilyam Salibani qo'yib yuborishni xohlamayapti.

Mutaxassis o'yinchiga ishonch bildirmoqda.

"Vilyam Saliba rejalarimizga kiradi, uni ko'rishdan mamnunman. Ammo, biz hech kimga asosiy tarkibda o'rin kafolatlay olmaymiz", – deydi Arteta.

Oldinroq, Salibaning "Arsenal"dan ketishni xohlayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano