Arteta mag'lubiyatdan so'ng: "Arsenal" bundan ko'prog'iga erishishi mumkin edi"

Aziz Tukhtamuradov
28 yanv 2023, 09:54
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya kubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Men juda hafaman. Biz bu o'yinda bundanda ko'prog'iga erishishimiz mumkin edi. 

Birgina harakat o'yin taqdirini hal qildi. Uchrashuv bosim ostida o'tdi, ammo bitta harakat barchasini o'zgartirib yubordi. 

Biz o'sha vaziyatda (gol vaziyatida) yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. To'p jarima maydonimiz ichida bo'lgan payt intizomli o'ynashimiz lozim edi. 

Imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo gol urolmadik. Ushbu o'yindan yaxshi hulosa chiqara olamiz deb o'ylayman. Bu jamoani mag'lub etish juda qiyin, ammo biz oxirigacha kurashdik. 

Muhim o'yinlarda vaziyatni o'z tomoningga qarab o'zgartirishing lozim. Bunday o'yinlar shu tarzda yutiladi", - dedi Arteta. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC