Arteta "Chelsi" tor-mor etilgani haqida: “Bu bor yo'g'i o'rtoqlik o'yini”

Eldor Akmurzayev
24 iyul 2022, 09:35
Mavsumoldi tayyorgarlik uchrashuvida “Arsenal” 4:0 hisobida “Chelsi”ni tor-mor etdi.

Uchrashuvdan keyin “to'pchilar” ustozi Mikel Arteta o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoamning o'yinidan mamnunman. Bu o'yin “Arsenal” oldinga qadam qo'yayotgani va jamoa yaxshilanib borayotganining ijobiy belgisidir. Biroq, bu bor yo'g'i o'rtoqlik uchrashuvi. Hali ko'p jihatlar ustida ishlashimiz lozim”, deydi Arteta.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” safida gollarni Gabriel Jezus, Bukayo Saka, Martin Edegor va Albert Lokonga urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com