O'tmishga nazar. Abduqodir Husanovning otasi – darvozabon

Оқил Абдубарноев
30 okt 2026, 16:55
"Manchester Siti" va O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning otasi, sobiq futbolchi Hikmat Hoshimov faoliyati davomida bir uchrashuvda darvozabon vazifasini ham bajargan.

2004 yilning 25 sentyabr kuni Toshkentdagi "Jar" sport majmuasida O'zbekiston Oliy ligasining 19-turi doirasida o'tkazilgan "Lokomotiv" va "Metallurg" o'rtasidagi bahsda mezbonlar 4:0 hisobida g'alaba qozongan.

Uchrashuvning 70-daqiqasida "Metallurg" darvozaboni Artur Parvonov maydondan chetlatilgan. Bu vaqtda hisob 2:0 bo'lgan va Bekobod klubi uchta almashtirish imkoniyatidan ham foydalanib bo'lgandi.

Shu sababli jamoaning asosiy tarkibida himoyachi sifatida harakat qilgan Hikmat Hoshimov darvozabon vazifasini bajarishga majbur bo'lgan.

Hoshimov darvozani qo'riqlashga o'tganidan keyin "Lokomotiv" yana ikkita gol urgan. 74-daqiqada Abduqaxhor Marufaliev o'zining uchinchi golini kiritgan bo'lsa, 82-daqiqada Sobir Usmonxo'jaev yakuniy hisobni o'rnatgan.

Hikmat Hoshimov 90+2-daqiqada sariq kartochka ham olgan.

Ma'lumot uchun, Hikmat Hoshimov futbolchilik faoliyati davomida asosan himoyachi va yarim himoyachi poziciyalarida harakat qilgan. U "Metallurg", "Lokomotiv", "Andijon", "Nasaf", "Bunyodkor" kabi klublarda to'p tepgan.

Shuningdek, 2007–2008 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 13 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia