"Arsenal"ga 30 million evroga "Barselona" futbolchisini sotib olishni taklif qilishdi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2017, 09:50
Barselona futbolchisi Rafinya Alkantara Arsenalga o'tishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, londonliklarga 24 yoshli braziliyalik futbolchini 30 million evro evaziga sotib olish taklif qilingan.

Rafinyaning ayni paytda jarohati bor va u jamoasi bilan AQSHdagi turnega yo'l olmagan.

Avvalroq, uning shartnomadagi transfer narxi 75 million evroni tashkil qilishi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports