"Arsenal" "Real" vingerini nishonga oldi

Alisher
13 yanv 2021, 16:52
"Real" xavbeki Lukas Vaskes "Arsenal" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

London klubi anchadan beri 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, klub qishda uni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, Vaskesning transferi "Arsenal"ga 15 million funtga tushadi.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun