"Arsenal" "Real Sosedad" o'yinchisiga qiziqishni tikladi

Alisher
5 noya 2021, 18:44
"Arsenal" o'tgan yozda "Real Sosedad" va Shvetsiya terma jamoasi forvardi Aleksandr Isakka qiziqish bildirgandi.

O'shanda "kanonirlar" Aleksandr Lyakazettni sota olishmagan va shu sabab boshqa chiziqlarni kuchaytirishga e'tibor qaratishgandi.

"Arsenal" yosh forvard variantiga qishdayoq qaytishi mumkin. Futbolchining o'zi faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas.

Transfermarkt futbolchini 40 mln evroga baholamoqda. Isak joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun