"Arsenal" Rafinya uchun ikkinchi marta urinib ko'radi

Iskandarov Abdulaziz
12 yanv 2023, 19:06
London klubi "Barselona" futbolchisi Rafinyani o'z tarkibiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

"To'pchilar" yozgi transferlar oynasi paytida braziliyalik vingerni xarid qilishga harakat qilgan edi. Biroq bu kelishuv amalga oshgani yo'q. Rafinya 55 mln evro evaziga "Barsa" a'zosiga aylangan edi. U orzusidagi jamoaga o'tish uchun "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan bo'layotgan takliflarni rad etgan edi.  

Jamoa ustozi Mikel Arteta hujum chizig'ini 26 yoshli futbolchi bilan kuchaytirishni istaydi. Klub sport direktori Edu yaqinda braziliyalik futbolchining agenti "Barsa" va "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Deku bilan muzokaralar olib bordi. Avval ham ushbu masalani muhokama qilishganida Deko Rafinya "Barselona"ga o'tishni orzu qilishini va klub bilan ancha vaqtdan buyon aloqada ekanini bildirgan edi.  

Rafinya joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar" safida La Ligada 15 ta va Chempionlar Ligasida 5 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida ayni paytda 2 ta gol va 4 ta ascist mavjud.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: The Express