"Arsenal" o'yinchisini "Inter"da kutishmoqda

Alisher
9 apr 2020, 18:26
"Inter" "Arsenal" himoyachisi Ektor Beleringa ehtiyoj sezmoqda.

Ushbu transfer yozgi transferlar oynasida amalga oshishi mumkin. "Neradzurrilar" allaqachon o'yinchining agenti bilan aloqaga kirishishgan.

Ektorning transfer huquqi "Arsenal"ga tegishli. Ispaniyalik futbolchi so'nggi paytlarda ko'proq davolanish bilan band, ammo Antonio Konte bunga ko'p ham e'tibor qaratmayapti.

Futbolchi 2011 yilda "Barselona"ning yoshlar jamoasidan "Arsenal"ga o'tgandi. Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net