"Arsenal" Lyakazett va Genduzini Tomasga almashtirishga tayyor

Sherzod Nurmatov
6 sen 2020, 23:48
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Atletiko" yarim himoyachisini qo'lga kiritmoqchi va bu uchun kutilmagan "yurish" qilishga shaylanmoqda.

Londonliklar Tomas Parti evaziga hujumchi Aleksandr Lyakazett va yarim himoyachi Matteo Genduzini berishga tayyor.

Bu "Arsenal"ning Teye bo'yicha birinchi taklifi emas, oldingi takliflar Madrid klubi tomoni rad etilgan.

Tomasning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. U o'tgan mavsumda 46 uchrashuv o'tkazdi va 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun