"Arsenal" Jiruni 35 mln funtga qo'yib yuborishi mumkin
Tolibjon Qosimov
13 iyul 2017, 20:12
Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Olive Jiruni qo'yib yuborishga tayyor.
Bu haqda "The Times" xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha, "kanonirlar" francuzning transferidan 35 million funt ishlab olmoqchilar. Oldinroq, o'yinchining xizmatlariga "Everton" va "Borussiya" (Dordmund) klublari qiziqayotgani aytilgan edi.