"Arsenal" yarim himoyachisi faoliyatini "Beshiktosh" klubida davom ettirish uchun Turkiyaga uchib ketdi

30 avg 2019, 22:00
"Arsenal" yarim himoyachisi Muhammad El-Nenni "Beshiktosh"ga o'tishga yaqin.

Avvalroq, Istanbul klubi misrlik futbolchi bilan mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishib olishgandi. Shu maqsadda u Turkiyaga uchib ketdi. 



Bundan tashqari "Beshiktosh" El-Nenni maoshining katta qismini to'laydi. Xavbek London klubida haftasiga 50 ming funt miqdorida maosh olayotgan edi.

Qayd etish kerak, El-Nenni 2011 yildan buyon Misr terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal