"Arsenal" El-Nenni bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2016, 16:41
"Arsenal" rasmiy sayti klub "Bazel" yarim himoyachisi Muhammad El-Nenni bilan shartnoma tuzganini ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, kelishuv yakuniy bosqichda va faqat futbolchi uchun ishlash ruhsatnomasini olish qoldi. Transfer 5 mln. funtga baholandi.

El-Nenni joriy mavsumda Shveytsariya chempionatining 16 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Arsenal