"Arsenal" futbolchisi ijaradagi jamoasida qolishni xohlashini aytdi

Alisher
12 apr 2022, 18:44
"Udineze"da ijara asosida o'ynayotgan "Arsenal" himoyachisi Pablo Mari italyan klubida qolishni xohlaydi.

"Udineze"da qolishni xohlardim. "Arsenal" bilan shartnomam 2024 yilga qadar mo'ljallangan, ammo Italiya jamoasida baxtliman", - deydi Mari.

"Udineze" 28 yoshli Marini 2022 yilning yanvarida "Arsenal"dan xarid qilish huquqisiz ijaraga olgan edi.

Ispaniyalik futbolchi italyan jamoasida 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano