“Arsenal” Enrike so'rayotgan pulni to'lamoqchi emas

9 may 2018, 00:50
“Arsenal” rahbariyati 22 yillik faoliyatidan keyin jamoani tark etayotgan Arsen Venger o'rniga munosib nomzod izlamoqda.

Nomzodlar orasida “Barselona”ning sobiq ustozi Luis Enrikening nomi ham tilga olingan edi. Ma'lum bo'lishicha, ispaniyalik mutaxassis “Arsenal”da Gvardiola va Mourinyo singari maosh olib ishlamoqchi. Pep va Joze ayni paytd APLda eng ko'p maosh oladigan murabbiylar hisoblanishadi. Enrike ham ular singari yiliga 15 million funt ishlab olmoqchi.

ESPN nashrining tasdiqlashicha, “Arsenal” rahbariyati murabbiy uchun bu darajadagi mablag' to'lamoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN