"Arsenal" Denis Suares transferi borasida "Barselona" bilan kelisha olmadi

23 yanv 2019, 19:50
"Barselona" yarim himoyachisi Suares "Arsenal"ga o'tmaydi.

ESPN nashrining ma'lumotiga ko'ra, klublar transfer shartlari bo'yicha kelisha olishmadi. Londonliklar 25 yoshli futbolchini sotib olish bandi bilan ijaraga olishni xohlagashdi. Lekin, kataloniyaliklar bunga rozi bo'lishmadi.

"Barselona" mavsum yakunlariga ko'ra, uni 20-25 million evroga sotib yuborish majburiyatini oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN