"Arsenal" darvozaboni "Napoli" bilan kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
30 may 2017, 20:03
Ijara asosida "Roma"da to'p tepayotgan "Arsenal" darvozaboni Voycex Shesni "Napoli" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqda "Il Matino" xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha, neapolliklar polshalik kiperga 3 yillik shartnoma taklif qilishgan. Endi "Napoli" transfer summasi borasida "Arsenal" bilan kelishuvga erishsa bo'lgani. Kelishuv miqdori 10 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Il Matino