"Arsenal" "Chelsi" himoyachisiga qiziqmoqda

Londonning "Arsenal" klubi himoyachi Gari Kexillga qiziqish bildirgan.

33 yoshli angliyalik futbolchiga shuningdek, "Aston Villa", "Vest Xem" va "Kristal Pelas" jamoalari davogarlik qilmoqda. 

Kexill 2012-2019 yillarda "Chelsi" sharafini himoya qildi. O'tgan mavsum barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda maydonga tushgan Kexill ushbu yozda erkin agent sifatida "aristokratlar" safini tark etmoqda.


Manba: 90min.com