"Arsenal" Angliya termasi posboniga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2021, 00:55
"Arsenal" "Sheffild" posboni Aaron Remsdeylning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"The Times" xabariga ko'ra, "kanonirlar" 23 yoshli posbon uchun ikki marta taklif bilan chiqqan va rad javobini olgan. "Arsenal" darvozabon uchun 20 mln funt taklif qilgan. Ammo "Sheffild" 32 mln funt so'ragan.

Remsdeyl o'tgan yilning yozida 18,5 mln evro evaziga "Bornmut"dan "Sheffild"ga o'tib, 4 yillik shartnoma imzolagandi. O'tgan ikki mavsum davomida u 125 gol o'tkazib yubordi va 10 bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times