Argentina Uels bilan o'rtoqlik o'yini uchun 1,5 million funt so'ramoqda

Aziz Tukhtamuradov
9 noya 2014, 20:15
Uels Futbol Assotsiatsiyasi keyingi yilning mart oyida Argentina terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Argentinaliklarning bitta o'rtoqlik uchrashuvi uchun 1,5 million funt talab qilishlarigina uelsliklar uchun muammo tug'dirishi mumkin.

"Agar Argentina bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazsak ajoyib bo'lardi. Shuningdek, bizda boshqa variantlar ham bor", - deydi terma jamoa ustozi Kris Koulmen.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru