

Portugaliyalik "Sporting" klubi forvardi Viktor Dokereshga Londonning "Fulxem" va "Arsenal", shuningdek, "Nyukasl" klublari qiziqmoqda, deya xabar berdi jurnalist Ekrem Konur.
25 yoshli shvetsiyalik joriy mavsum "Sporting" safida 16 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Viktor Dokereshga Italiyaning "Milan", Ispaniyaning "Sevilya" va Germaniyaning “Borussiya D" klublaridan qiziqish borligi xabar qilingan edi.



