APL top-klublari Mbappe uchun kurashishadi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2022, 14:20
"Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Liverpul" PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Marca".

Manbaga ko'ra, Angliya klublari futbolchini kelasi yozda qo'lga kiritishga harakat qilishi mumkin. Avvalroq hujumchining PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amalda ekanligi, shu bois uning bir yildan so'ng sotilishi istisno etilmagani ma'lum bo'lgandi.

23 yoshli Mbappe joriy mavsum PSJ safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va raqiblar davrozasini 10 marta ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca