APL pauzasi cho'ziladi

Mirjalol Normatov
3 apr 2020, 19:40
Angliya Premer-Ligasining qayta boshlanish sanasi cho'ziladi.

"BBC Sport" xabariga ko'ra, bugun APLning 20 klubi vakillari ishtirokida video-konferenciya bo'lib o'tadi. Qayd etilishicha, unda pauza muddatini cho'zish masalasi ko'riladi. Oldinroq tomonlar birgalikda kelishgan holda, turnirni 1 mayga qadar to'xtatishgandi. Ammo ushbu sanadan keyin ham turnirni qayta davom ettirish ishonarsiz faraz bo'lib turibdi.

Katta ehtimol bilan turnir may oyining yakuni yoki undan-da kechroq muddatga suriladi. Shuningdek, turnirni noma'lum muddatga qoldirish varianti ham bor. Hozirda Ispaniya va Fransiyada milliy chempionat o'yinlari noma'lum muddatga qoldirilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC Sport