

Manbaga ko'ra, ikkinchi o'rinni egallagan “Arsenal“ 177,8 million funt sterling olgan. Uchinchi o'rinni egallagan “Manchester Siti” esa 171,5 million funt ishlab topdi. Chempionlar ligasiga ham yo'l olgan “Chelsi” va “Nyukasl” mos ravishda 169,5 million funt va 165,8 million funt sterling mukofot puliga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, oxirgi, 20-o'rinni egallagan “Sautgempton” 110,9 million funt ishlab topgan. APLni tark etgan “Ipsvich“ 112,9 million funt, “Lester” esa 119,2 million funt sterling olgan.



