APL. “Chelsi” safarda irodali g'alabaga erishdi va 4-o'rinni mustahkamlab oldi

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2020, 22:15
Angliya chempionati 30-turidan o'rin olgan “Villa Park”dagi bellashuv yakunlandi.

Uchrashuvda hisob ilk taym oxirlarida mezbonlar himoyachisi Kornti Xos tomonidan ochildi. 60-daqiqada Kristian Pulishich oradagi farqni tiklagan bo'lsa, biroz o'tib Olive Jiru raqib darvozasini ishg'ol etib, muvozanatni “aristokratlar” tomoniga og'dirdi. Ikkala golda ham pasni o'z hisobiga Sesar Aspilikueta yozdirgan. Shu tariqa, o'yin mehmonlarning irodali 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

Aston Villa – Chelsi 1:2 (1:0, 0:2)

Villa Park

Gollar: 1:0 – 43 Xoz, 1:1 – 60 Pulishich, 1:2 – 62 Jiru.

Aston Villa – Nyuland, Konsa, Mingz, Targett, Xoz, Xurixeyn (Nakamba, 70), Duglas Luis, Grilish, Makginn (Xota, 87), El-Gazi (Trezege, 70), Devis (Samatta, 57).

Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kante, Kovachich (Barkli, 55), Maunt, Loftus-Chik (Pulishich, 55), Villian (Djeyms, 90), Jiru (Abraxam, 80).

Ogohlantirishlar: Konsa (45), Kante (90), Grilish (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia