Antoni Marsyal uchun kimlar da'vogar?

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 23:32
"Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni Marsyal yangi mavsumda boshqa jamoa sharafini himoya qilishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchiga kuchli beshlik chempionatlarining top-jamoalari qiziqish bildirmoqda. Angliyadan "Arsenal" va "Chelsi", Germaniyadan "Bavariya", Fransiyadan PSJ, Italiyadan "Yuventus", Ispaniyadan "Real".

Hozircha fransiyalik uchun birorta jamoa 80 mln evro to'lashni istamayapti. Uning o'zi esa jamoadan ketishni, doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi. Nashr ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, u Angliya jamoalariga sotilmaydi. Undan tashqari, u uchun 80 mln evrodan kam taklif qilinsa, bu mankunianliklar tomonidan o'ylab ham ko'rilmaydi.

Agarda vaziyatga baho beradigan bo'lsak, Marsyal "Manchester Yunayted"dan ketish ehtimoli juda past. Shu boisdan voqealar rivojini kutamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com