Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023, 11:39
Futbolchi butsalarini mixga ildi.

Himoyachi Fil Yagelka faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi.

"Barcha yaxshi narsalar o'z nihoyasiga etishi kerak va 800 tadan sal ko'proq o'yindan so'ng mening futbolchilik faoliyatim tugadi", – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Yagelka  "Sheffild Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati mobaynida "Everton" va "Derbi Kaunti" klublarida ham harakat qilgan.

41 yoshli markaziy himoyachining so'nggi klubi "Stok Siti" bo'lib, u yerdan yozda ketgandi. Futbolchi Angliya terma jamoasi safida 40 ta o'yinda maydonga tushgan.

Yagelka "Sheffild"da 3 marta va "Everton"da 2 marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports